
Kafedra mudiri: Amanov Akmal Aripjonovich
Qabul vaqtlari: seshanba-juma (14:00 - 16:00)
Tel.: +9989-97-510-10-02
E-mail: mr_anderson.uz@mail.ru
Kafedra joylashgan bino - Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Yangiobod” MFY, Saodat ko‘chasi, 128-uy.
Kafedra tarixi: Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘z faoliyatini 2023-yil 4-sentyabrdan boshlagan. Kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Amanov Akmal Aripjonovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra tarkibi:
Hozirda Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasida asosiy shtatda 17 ta professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
Kafedraning asosiy maqsadi: Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ustuvor vazifalarini taʼminlash doirasida zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli va shaffof baholash;
talabalarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;
kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, sillabus va kalendar rejalarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarini muhokama qilish;
darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
nodavlat taʼlim muassasalari buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini taʼminlash;
kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ustoz-shogird ishlari bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
mahoratli professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.
Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
60110900- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
70110901- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:
Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari zamonaviy tilshunoslik va pedagogikaning dolzarb masalalarini o‘rganishga qaratilgan. Asosiy e’tibor ingliz tilini o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari, kommunikativ va kompetensiyaga asoslangan yondashuvlar, shuningdek ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalariga qaratiladi. Shuningdek, kafedrada til o‘qitishning innovatsion usullari, o‘quv-uslubiy materiallar yaratish va baholash tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Mazkur tadqiqotlar ingliz tilini o‘qitish jarayonini yanada samarali tashkil etish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. Ayni paytda kafedrada asosiy tarkibda 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda, 9 nafar PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchi, 4 nafar stajyor-o‘qituvchi.
Namangan davlat