Ehtiyojmand yoshlar uchun bepul o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi


Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati majlisining 1-son bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda hududdagi ehtiyojmand oila farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.

Qo‘qon universiteti tajribasi asosida Til va tarjima fakulteti talabasi Maxmudjonova Gavharoy tomonidan pedagogik faoliyat doirasida 92-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Elementary Grammar” mavzusida to‘garak mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

XTA-CU-26 guruhi talabasi bo‘lgan Maxmudjonova Gavharoy o‘quvchilarning ingliz tili grammatikasiga oid bilimlarini mustahkamlash, ularning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida mashg‘ulotlarni interaktiv va zamonaviy metodlar asosida tashkil etmoqda.

To‘garak mashg‘ulotlari haftaning chorshanba va juma kunlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Yosh pedagogning ta’lim jarayonidagi faolligi va tashabbuskorligi tahsinga loyiq.

Turizm va tarjima kafedirasi tashabbusi bilan.


Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati